Ayni damda Navoiy viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan qator ishlar qilinmoqda. Jumladan, “Dara” qishlogʻida 3 ta oilaviy mehmon uyi, 5 ta gastronomik xonadon, 2 ta qadimiy uy va qadimiy buyumlar saqlanuvchi uy muzeylari, shuningdek, 2 ta hunarmand (uy) ustaxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Shu bilan birga, mazkur mahallada qoʻshimcha turizm turlari va xizmatlarini rivojlantirish maqsadida 2 ta sport va sayr xizmati, 3 ta ovqatlanish shoxobchasi, 8 ta savdo nuqtasi ham tashkil etildi.
Bundan tashqari, 2023–2024-yillarda “Dara” qishlogʻida 3 ta selfi hududi, 1 ta osma koʻprik, 2 ta avtoturargoh, 30 ta dam olish hududi va 2 ta hojatxona qurilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq turistlarga qulaylik yaratish maqsadida Navoiydagi boshqa bir turizm qishlogʻi — Sentobga olib boradigan yoʻllar taʻmirlangandi.