Biroq, F.X. firibgarlik yoʻli bilan kiritgan pullarni oʻzining shaxsiy ehtiyojlari yoʻlida sarflab yuborgan. Mazkur holat yuzasidan F.X.ga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qoidabuzar javobgarlikka tortildi.
Afsuski, nopoklik yoʻli bilan boʻlsada, moʻmay daromadni qoʻlga kiritish istagida boʻlgan qoidabuzarlar qilayotgan xatti-harakatining xato ekanligini bilsa-da, oʻz nafsini tiya olmaslik oqibatida jinoyatga yoʻl qoʻyadilar. Oʻylamay bosilgan qadam kishini chohga yetaklaydi, xayrli amal bilan boshlanmagan ish esa koʻngilsizlik bilan yakun topadi. Endilikda fuqaro F.X.ning sodir etgan qilmishi adolat mezonlari asosida baholanadi.