“Navoiyni anglash sari” deb nomlangan ushbu kitob mutafakkir hayoti, ijodi, faoliyati va Temuriylar adabiy muhitidagi o'rni haqida bo'lib, ilmiy, ilmiy-ommabop maqola va adib ijodiga oid materiallardan iborat.

Maqolalar Alisher Navoiy ijodini zamonamiz kitobxonlari tushunishi, anglashi va qabul qilishi borasidagi maqolalari bilan e'tiborga molikdir. Shuningdek, maqolalarda shoir ijodidagi ijtimoiy muhit bilan munosabat, navoiyshunoslik tarixi va navoiyshunos olimlar, Navoiy asarlarining qo'lyozmadagi hayoti, buyuk shoirning keyingi davr o'zbek mumtoz adabiyoti va Usmonlilar adabiyotiga ta'siri kabi masalalarga alohida o'rin berilgan.