Uchrashuvda “Navoiyyuran“ davlat korxonasi tomondan investitsiyalar boʻyicha boshqaruv direktori Xudoyor Meliyev, Loyiha ofisi rahbari Serdar Karliyev va Loyiha ofisi rahbari oʻrinbosari Rustam Ergashov ishtirok etdi.
Shuningdek uchrashuvda, soʻnggi yillarda, oʻzaro savdo ayirboshlash koʻrsatkichlari 6 barobarga ortganligi taʼkidlab oʻtildi. Bundan tashqari, ikki doʻst mamlakatlar nafaqat iqtisodiy, balki tarixiy va madaniy mushtarak oʻtmishga ham ega ekanligi qayd etildi.
Oʻz oʻrnida korxona vakillari tomonidan “Navoiyyuran“ davlat korxonasining uran qidirish va qazib olish sohasidagi yutuqlari va erishilayotgan natijalari haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, bevosita kun tartibiga kiritilgan xalqaro hamkorlik masalasida soʻz yuritildi hamda bir qator yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.
Bu uchrashuv oʻzaro strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Hamkorlik materiali