Taʼkidlanishicha, zilzila shu yilning 13-dekabr kuni soat 10:13da kuzatilgan. Zilzilaning epimarkazi Navoiy viloyati, Xatirchi tumani boʻlib, Toshkentdan 306 km janubiy-gʻarbda. 

Zilzila koordinatalari: 40,31 gradus shimoliy kenglik; 65,81 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,2. Chuqurlik 10 km.

Oʻzbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

Xatirchi tumanida 3-4 ball, 17 km.
Navbahor tumanida 3 ball, 33 km.
Navoiy shahrida 2 ball, 44 km.
Narpay tumanida 2 ball, 45 km.
Kattaqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 49 km.
Nurota tumanida 2 ball, 49 km.
Paxtachi tumanida 2 ball, 52 km.
Karmana tumanida 2 ball, 55 km.
Qoʻshrabot tumanida 2 ball, 61 km.