“Oʻzshahar qurilish invest” IK buyurtmasi asosida bosh pudratchi “Agromir buildings” MCHJ quruvchilari tomonidan hozirda 240 ta xonadonga moʻljallangan 3 ta 16 qavatli uylar qurib bitkazildi. Mazkur uylarning har bir qavatida bittadan 3 xonali va toʻrttadan 2 xonali kvartiralar boʻlib, ular uzoq muddatli ipoteka krediti asosida bunyod etildi.

Mazkur uylarning 12 tasi yosh oilalarga, 6 tasi xotin-qizlarga, 3 tasi migrantlarga, qolgan 219 tasi uy-joyga muhtoj boshqa shaxslarga berildi.

Yangi uylarning kalitlari tantanali topshirish munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari Akbar Eshonqulov va Qarshi shahar hokimi Normoʻmin Xolboyev soʻzga chiqib, xonadon egalarini yangi uy bilan muborakbod etdi.