1. Turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tashabbusi bilan respublikadagi 278 ta mehmonxona va mehmon uyi xizmatlari hamda 141 ta umumiy ovqatlanish joyidagi xizmatlarga 50 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.
  2. Mamlakat ichida hududlararo qatnovchi transport vositalari boʻyicha:

“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan 20-22-mart kunlari respublikaning barcha ichiki qatnovlariga chegirmalar eʼlon qiladi:

mustaqil (individual) yoʻlovchilar uchun - 30%;

sayyohlik (turistik) guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab oʻquvchilari, kollej, litsey, oliy taʼlim muassasalari talabalari, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa idoralar tizimi maxsus oʻquv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun - 40%;

oila (2 va undan ortiq kishi, yaʼni: er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari boʻlgan ota yoki 18 yoshgacha farzandlari boʻlgan ona) uchun - 50%;

nafaqaxoʻrlar uchun - 50%;

nogironligi boʻlgan shaxslar uchun - 50%;

1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun - 50%;

1941-1945-yillardagi urush davrida frontortida fidokorona mehnati va begʻubor harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun - 50%;

Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun - 50%.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan tomonidan 20-22-mart kunlari respublikaning barcha ichki qatnovlariga chegirmalar eʼlon qiladi: nafaqaxoʻrlar, nogironligi bor shaxslar, shu jumladan 1941-1945-yillar urush qatnashchilari va nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga – 50%;

bolaligidan 16 yoshgacha boʻlgan nogironlar va nogironlarni kuzatuvchi shaxslar, oʻqishga ketayotgan talabalar, fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish idoralaridan moddiy yordam belgilangan kam taʼminlangan oilalar, talabalar, maktab, kollej, litsey oʻquvchilari, IIV, MV, DXX, DSQ va DBX tizimidagi oʻquv muassasalari tinglovchilariga – 15 %;

oilalar, kollektiv guruhdagilarga – 15 %;

“Afrosiyob” elektro poyezdiga – 10%. 3. Turizm maskanlariga kirish chiptalari uchun (ziyoratgoh, madaniy meros obyektlari, muzey va boshqa) chegirmalar, oʻtkaziladigan tadbirlar, sayohat dasturlari:

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan 189 ta ziyoratgohlarga kirish chiptalari uchun 50% gacha imtiyozlar belgilangan.

Madaniyat vazirligi tomonidan 46 ta madaniy meros obyektlariga (44 tasida 30% gacha chegirma, 2 tasiga kirish bepul), 33 ta muzeylarga (19 tasida 30% gacha chegirma, 12 tasiga kirish bepul) kirish uchun imtiyozlar belgilangan.

Shuningdek, sayohatlarni yana-da mazmunli tashkil etish maqsadida, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan:

respublikaning 14 ta hududi boʻyicha ziyoratgohlar va qadamjolarni oʻzaro bogʻlagan ichki turizm sayohat dasturlari ishlab chiqildi;

ichki turizm yoʻnalishidagi 296 ta turoperatorlar va 681 ta gidlar roʻyxati shakllantirildi; hududlarning oʻziga xos tayyorlanadigan milliy taomlar haqida maʼlumotlar va tayyorlaydigan ovqatlanish shoxobchalari va Respublikadagi hududlar kesimda turizm maskanlari roʻyxati (365 ta) shakllantirildi.

Sayohat davomida xavfsizlik va salomatligingizni asrashingiz hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda aholi gavjum va jamoat joylarida, umumiy ovqatlanish obyektlarida (restoran, kafe, oshxona, choyxona), shuningdek, mehmonxonalar, mehmon uylari va turizm maskanlarida (muzeylar, ziyoratgohlar va savdo majmualari) ijtimoiy masofani saqlashingiz zarurligi tavsiya etiladi.