Navroʻza Axmatova Jahon chempionati sovrindori boʻldi. Sportchimiz Osiyo rekordini yangiladi!

    Oʻzbekistonlik sportchi Para yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida yana bir medalga ega chiqdi.

    Ayollar oʻrtasida F41 toifasida oʻtkazilgan disk uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Navroʻza Axmatova oʻz urinishlari doirasida 28.83 m natija qayd etib, Osiyo qitʼasi rekordini yangiladi.

    Bu Navroʻzaga musobaqaning bronza medalini taqdim etdi.

    Ayollar oʻrtasida disk uloqtirish dasturi (F41)

    • Raua Tlili (Tunis) — 33.81
    • Estefani Xisela Lopes (Ekvador) — 29.81
    • Navroʻza Axmatova (Oʻzbekiston) — 28.83 (Osiyo rekordi)

    Ayni damda medallarimiz soni 9 taga yetdi: 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza.