Ayollar oʻrtasida F41 toifasida oʻtkazilgan disk uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Navroʻza Axmatova oʻz urinishlari doirasida 28.83 m natija qayd etib, Osiyo qitʼasi rekordini yangiladi.

Bu Navroʻzaga musobaqaning bronza medalini taqdim etdi.

Ayollar oʻrtasida disk uloqtirish dasturi (F41)

  • Raua Tlili (Tunis) — 33.81
  • Estefani Xisela Lopes (Ekvador) — 29.81
  • Navroʻza Axmatova (Oʻzbekiston) — 28.83 (Osiyo rekordi)

Ayni damda medallarimiz soni 9 taga yetdi: 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza.