Monografiyada neft shlamidan qurilish bitumini olish, neft shlamining fizik-kimyoviy xossalari, turli sohalarda mexanik aralashmalarning qattiq zarrachalarini koagulyatsiya va choʻktirishning asosiy gidrodinamik qonuniyatlari boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan.
Monografiyada neft shlami komponentlari tarkibining chegaraviy qiymatlari, yaʼni, mexanik aralashmalar, suv, yengil va ogʻir neft mahsulotlari, shuningdek, suspenziyalarni ajratish jarayonlari va apparatlarini hisoblash hamda loyihalash usullari koʻrib chiqilgan.
Ushbu monografiyadan loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, neftni qayta ishlash, neft-kimyo, kimyo va turdosh sanoat korxonalarining muhandis-texnik xodimlari, shuningdek, oliy texnika oʻquv yurtlarining oʻqituvchilari va talabalari foydalanishlari mumkin.