Tadqiqotchilar NASAning InSight qo'nish uskunasi tomonidan to'plangan seysmik ma'lumotlarni tahlil qilishdi. Ular Mars mantiyasi va yadrosi o'rtasida joylashgan erigan silikatlarning yupqa qatlamini aniqlashga muvaffaq bo'lishdi va yadro avval o'ylanganidan ham zichroq va kichikroq ekanligi ma'lum bo'ldi. Yadro hajmi 1830 emas, balki 1650 kilometrni tashkil etadi, bu esa har kub santimetr uchun 6,5 gramm zichlikdan dalolat beradi. Bu avvalgi seysmik hisob-kitoblardan 5-8 foizga ko'p.

Eritilgan silikatlar magmaning konvektiv harakatiga to'sqinlik qiluvchi izolyatsion qatlam hosil qiladi. Bu esa Marsning sirtini Quyosh shamolidan himoya qiladigan faol magnit maydonga ega bo'lmasligiga sabab bo'ladi.

Natijalar shuni tasdiqlaydiki, Marsda bir paytlar erigan magma okeani bo'lgan, keyinchalik u kristallanib, Mars mantiyasi tagida temir va radioaktiv elementlar bilan boyitilgan silikat eritmasi qatlamini hosil qilgan. Bu Qizil sayyoraning isish va sovish evolyutsiyasini keskin o'zgartirib yuborgan, deb xabar beradi lenta.ru.