Aniqlanganidek, COVID-19 nafaqat nafas olish yo'llari kasalligi sanaladi, virus ham o'pkaga, ham yurak-qon tomir tizimiga, oshqozon-ichak trakti va markaziy asab tizimiga zarar etkazishi mumkin. Ba'zi bemorlarda kasallik virusning miyaga kirib borishi tufayli qon tomiri kasalligi (insul`t)ga olib keladi.
Berlin shahridagi “Sharite” klinikasi professorining aniqlik kiritishicha, SARS-CoV-2 miyaning nafas olish funksiyasini boshqaradigan joylarida topilgan, shuning uchun u erda virus borligi o'pka infeksiyasidan kelib chiqqan holda nafas olish muammolarini yanada kuchaytiradi.