Nensi Shukri Samarqanddagi “Ipak yo'li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetining ilk bitiruvchilariga tabrik yo'lladi

    Ta'lim 6 Iyul 2022 1281

    Samarqand shahridagi "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetining ilk bitiruvchi talabalariga Malayziya turizm, san'at va madaniyat vaziri Nensi Shukri o'z tabriknomasini yo'lladi.

    Malayziya va Oʻzbekiston uzoq yillik bagʻrikenglik va mehmondoʻstlik anʼanalariga asoslangan mustahkam tarixiy va madaniy aloqalarga ega, - dedi vazir oʻz tabrigida. - Bugungi kunda turizm va madaniyat doʻst mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning strategik yoʻnalishlari hisoblanadi.

    Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini muhim voqea – oliy bilim yurtining birinchi qaldirgʻochlari boʻlmish yosh mutaxassislarning katta hayotga qadam tashlayotgani bilan tabriklayman.

    Aziz bitiruvchilar, siz mamlakatingiz va Markaziy Osiyoning mehmondoʻstlik sohasini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshishingizga ishonaman. Malayziya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi turizm aloqalarini birgalikda jadallashtiraylik!

    Oʻzbekistondagi barcha doʻst va hamkorlarimizga yangi muvaffaqiyatlar tilayman!