Tadqiqot predmeti sifatida uzun aksonlar (impulsni o'tkazuvchi nerv tolasi) o'rganildi. Ular zarar ko'rganda mushaklar spazmiga sabab bo'lib, parlich holatini keltirib chiqarishi mumkin.
Olimlar odamning ildiz hujayralaridan hosil bo'lgan nerv hujayralariga peptid deb yuritiladigan aminokislotalar maxsus zanjiri orqali ta'sir ko'rsatishdi.
Mazkur tajriba ushbu modda mitoxondriyalar (nerv hujayralarining tarkibiy qismi) bo'linishini to'xtatib, hujayralarning tiklanishi va keyingi ta'sirlarga uchrashining oldini olishini tasdiqladi.
Olimlar mazkur tajribalar neyrodegenerativ irsiy kasalliklarni davolashga mo'ljallangan dori vositalari yoki davolash usullarini ishlab chiqishda yordam berishiga ishonmoqda, deb xabar beradi mail.ru.