Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Isroil Mudofaa kuchlariga Livandagi sulh muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda yahudiy davlati boshlaydigan “keng ko'lamli urush”ga tayyor bo'lishni buyurdi.
Bu haqda u Isroil televideniyesining 14-kanaliga bergan intervyusida aytib o'tdi.
“Men SAXALga sulh buzilgan taqdirda Livanda keng ko'lamli urushga tayyorgarlik ko'rishni buyurdim. Agar [o't ochishni to'xtatish] kelishuvi buzilsa, biz keng ko'lamli urushga o'tamiz”, dedi hukumat rahbari.
27-noyabr kuni ertalab Isroil va Livan o'rtasida 2023-yil oktabr oyida harbiy harakatlar boshlanganidan buyon birinchi sulh bo'yicha kelishuv kuchga kirdi. AQSh prezidenti Jo Bayden yahudiy davlati va shialarning “Hizbulloh” tashkiloti o'rtasidagi kelishuvlar 60 kun ichida Livan armiyasi va davlat xavfsizlik kuchlari tomonidan respublika hududi ustidan nazoratni tiklashni ko'zda tutganini ma'lum qildi. Shundan so'ng Isroil armiyasi asta-sekin Livandan chiqib ketadi, deb xabar beradi tass.ru.