Olimlarning ishi Biomaterials Research jurnalida e'lon qilindi. Nanozarrachalar elektr o'tkazuvchan gibrid biomaterial bo'lib, orqa miya shikastlangan joylarda ildiz hujayralarining o'sishini ta'minlaydi.

Laboratoriya sichqonlari ustida o'tkazilgan tajribalar olimlar tomonidan ishlab chiqilgan usul samarali ekanligini ko'rsatdi. Tadqiqotchilar orqa miya neyronlarini yaxshiroq stimulyatsiya qilish usulini takomillashtirish niyatida. Keyin u klinik sinovlardan o'tadi, shundan so'ng mazkur usul amalda qo'llanilishi mumkin.