Bu «Uzluksiz taʼlim tizimida psixologik xizmat sohasini ilmiy asosda rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezidentning 2026-yil 19-oktyabrdagi PQ–379-son qarorida belgilangan.

Qarorga köra, yangi tizim ikki bosqiçda amalga oşiriladi. 2026/2027 öquv yilidan maktabgaça va umumiy örta taʼlim taşkilotlarida, 2027/2028 öquv yilidan esa örta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim taşkilotlarida joriy etiladi.

Psixologik diagnostika Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan maxsus elektron platforma orqali taşkil etiladi. Bunda şaxsga doir maʼlumotlar hamda diagnostika natijasida aniqlangan maʼlumotlarning sir saqlanişi taʼminlanadi.

Diagnostika natijalari sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida tahlil qilinib, pedagog va öquvçilar uç guruhga ajratiladi:

  • «psixologik barqaror»;
  • «psixologik qöllab-quvvatlaşga muhtoj»;
  • «faol psixologik qöllab-quvvatlaş zarur».

«Psixologik qöllab-quvvatlaşga muhtoj» guruhiga kiritilganlarga taʼlim taşkiloti psixologi, «faol psixologik qöllab-quvvatlaş zarur» guruhiga kiritilganlarga esa tegişli hudud böyiça mentor psixolog biriktiriladi.

Qarorda psixologlarni rağbatlantiriş çoralari ham belgilangan. Kaskadli malaka oşiriş kurslariga öqituvçi sifatida jalb etilgan psixologlarga uşbu davrda asosiy iş joyidagi lavozim maoşiga nisbatan 20 foiz miqdorida ustama tölanadi.

Öquv yili davomida psixologik barqarorlikni taʼminlaşda yuqori körsatkiçlarga erişgan 150 nafar mentor psixolog mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 20 barobari miqdorida bir martalik moddiy rağbatlantiriladi.

Şuningdek, taʼlim taşkilotlarining psixologik xizmat xodimlari har beş yilda kamida bir marta malakasini oşirişi şart etib belgilangan.

Qarorga muvofiq, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universitetining Psixologiya öquv-ilmiy markazi negizida Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etiladi va u Taʼlim va ilm-fan vazirligi böysunuviga ötkaziladi.

Institutda 2027-yil 1-yanvardan boşlab quyidagi laboratoriyalar faoliyati yölga qöyiladi:

  • Raqamli psixologiya va sunʼiy intellekt;
  • Taʼlim psixologiyasi va psixologik xizmat;
  • Psixologik salomatlik va profilaktika.