Bu haqida Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram-kanalida xabar qildi .
Muzokaralar davomida tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish yoʻllarini atroflicha koʻrib chiqdilar.
Xususan, siyosiy muloqotni faollashtirish, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida qoʻshma mexanizmlarni yaratish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha aniq qadamlar haqida kelishuvga erishildi. Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Seyshel hukumatlari oʻrtasida umumiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.