Reytingda birinchi o‘rinni «Anglesey Food» MChJ XK egalladi. Kompaniya cheklari 6,87 million marta ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, ular bo‘yicha fuqarolarga 9,4 milliard so‘m keshbek hisoblangan.

Ikkinchi o‘rindan «Xalq Retail» MChJ joy olgan. Uning cheklari 2,63 million marta ro‘yxatdan o‘tkazilgan va 1,2 milliard so‘mlik keshbek to‘langan.

Uchinchi o‘rinda esa «Havas Food» MChJ QQ qayd etildi. May oyida ushbu tarmoq cheklari 2,44 million marta ro‘yxatdan o‘tkazilib, 1,24 miljard so‘m keshbek hisoblangan.


Shuningdek, kuchli beshlikdan quyidagi kompaniyalar o‘rin oldi:

  • «Madina Qandolat» MChJ — 748,3 mingta chek, 820 million so‘m keshbek;
  • «Darvoza Savdo» MChJ — 506,2 mingta chek, 336,5 million so‘m keshbek.

Infografikaga ko‘ra, TOP-20 ro‘yxatidan shuningdek «International Foodchain» (KFC), «Mak Food Servis» (EVOS), «Ung Petro», «Namangan Istiqlol Bog‘i», «Cheese Day», «Best Quality Products», «Grand Pharm Trade», «Oqtepa Food Service», «Seg Tasco», «Osiyo Trade Biznes», «LC Waikiki Retail Tashkent», «ASR and Co», «Balton Trading (Asia)», «Yuniko Plyus» hamda «Autodriver Study» kompaniyalari ham joy olgan.

Soliq qo‘mitasi ma’lum qilishicha, reytingda marketpleyslar orqali sotilgan tovarlarga taqdim etilgan cheklar hisobga olinmagan.