Bu haqida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan «Yo‘qilg‘i-energetika sohasida bozor tamoyillariga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni loyihasida so‘z boradi.

Loyihaga ko‘ra, yordam oluvchilar faqat Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan cheklanmaydi. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi MІHning ikki baravarigacha bo‘lgan, ammo reyestrga kiritilmagan ehtiyojmand oilalarni ham qo‘shimcha ro‘yxat asosida qamrab olish mumkin.

Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya olishda daromad mezonini MІHning 1,5 baravaridan ikki baravarigacha kengaytirish taklif etilmoqda.

Gazlashtirilmagan va tabiiy gaz yetkazib berish qiyin bo‘lgan hududlarda isitish mavsumi uchun elektr energiyasining bazaviy me’yorini 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgacha oshirish ham nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, aholi uchun isitish va issiq suv xizmatlariga yangi tariflarni joriy etish, suyultirilgan gaz narxini bir kilogramm uchun 5 ming so‘m etib belgilash taklif qilinmoqda.

Ehtiyojmand oilalarga esa 2030 yil 1 yanvargacha har oyda 20 kilogrammgacha suyultirilgan gaz uchun har bir kilogrammga 3 ming so‘mdan kompensatsiya to‘lash rejalashtirilgan.

Farmon loyihasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.