баннер
24 Apr 2025
19:19

    Newsweek AQSh Grenlandiyani sotib olish uchun dastlab qancha pul taklif qilishi mumkinligini hisoblab chiqdi

    AQShning Grenlandiyani sotib olish bo'yicha dastlabki taklifi 2,2 milliard dollar atrofida bo'lishi mumkin, deb yozadi Newsweek jurnali o'z hisob-kitoblariga tayanib.

    Nashr 1946-yilda AQShning 33-Prezidenti Garri Trumenning orolni 100 million dollarga sotib olish taklifini asos qilib oldi va inflyatsiyani hisobga olgan holda bu miqdor endi 1,6 milliard dollarga teng bo'lishini hisoblab chiqdi. Jurnal ushbu mablag'larga Daniya har yili orolga ajratadigan 600 million dollarni qo'shdi va shu bilan AQSHning Grenlandiyani sotib olish bo'yicha potensial taklifining umumiy miqdorini keyingi yillik chegirmalar bilan 2,2 milliard dollarga baholadi.

    AQSh Prezidenti Donald Tramp avvalroq Grenlandiya uning mamlakatiga qo'shilishi kerakligini bir necha bor aytgan edi. U Daniya oroldan voz kechmasa, unga yuqori savdo bojlari joriy etish bilan tahdid qildi. Hatto birinchi prezidentlik davrida Tramp Grenlandiyani sotib olishni taklif qilgan. Daniya va Grenlandiya hukumati bu fikrni rad etgandi.

    Grenlandiya muxtor hudud sifatida Daniya tarkibiga kiradi. 1951-yilda Vashington va Kopengagen o'zlarining NATO ittifoqidagi majburiyatlariga qo'shimcha ravishda Grenlandiya mudofaa shartnomasini imzolashgan. Unga ko'ra, AQSh orolni tajovuzdan himoya qilish majburiyatini olgan. Bu yerda raketa hujumidan ogohlantirish tizimi va Arktika hududini nazorat qilish vazifalarini bajaradigan Amerikaning Pituffik koinot bazasi joylashgan, deb xabar beradi tass.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech