Elchining ishonch yorliqlarini qabul qilib, Vazir uni masʼul lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi. Elchining kasbiy tajribasi oʻzaro manfaatli sohalarda Oʻzbekiston va Niderlandiya munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga umid bildirdi.
Suhbat chogʻida siyosiy muloqotni, shu jumladan, “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorlik doirasida aloqalarni faollashtirish hamda parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar munosabatlarni kengaytirishdan ikki tomon ham birday manfaatdorligi qayd etildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.