Niderlandiyalik investorlar Nurafshonga keldi 

    Xalqaro hamkorlik 29 Oktabr 2020 928

    Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

    Nurafshon shahar hokimi Q.Hakimov Niderlandiyaning “Lumidea Engineering B.V” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.

    Uchrashuvda mehmonlarga Nurafshon shahrida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi loyihalar haqida ma'lumot berildi.

    O'z navbatida xorijlik mehmonlar ham iqtisodiy-ijtimoiy sohalarga oid dolzarb loyihalarga qiziqish bildirib, Nurafshon shahrida "aqlli shahar" kontseptsiyasi asosida qurilishi rejalashtirilayotgan Toshkent viloyatining ma'muriy markazi – "Smart city" hududida ko'p tarmoqli savdo markazi hamda eko-bozor qurish uchun o'z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

    Samimiy va do'stona o'tgan uchrashuvda tomonlar bir qator yangi loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib oldilar.