Chorshanba kuni NATO Mark Ryutteni alyans bosh kotibi etib tasdiqladi.
NATOning yuqori lavozimiga tayinlanish uchun uni alyansga a'zo 32 ta davlatning barchasining qo'llab-quvvatlashi kerak edi. Ryutte nomzodini dastlab AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya qo'llab-quvvatladi. Biroq, to'rtta davlat – Turkiya, Vengriya, Slovakiya va Ruminiya so'nggi daqiqalargacha ikkilanishayotgan edi. Biroq Niderlandiya bosh vaziri Turkiya roziligini olishga muvaffaq bo'ldi: buning uchun u hatto mamlakat prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anni o'z pozitsiyasini o'zgartirishga ko'ndirish uchun tijoriy reys bilan Istanbulga uchdi.
Keyin uni Vengriya va Slovakiya qo'llab-quvvatladi. OAV xabar qilganidek, u Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanga agar u NATO bosh kotibi bo'lsa, Vengriya Ukrainani qo'llab-quvvatlash maqsadiga qaratilgan, o'z hududidan tashqaridagi alyansning faoliyatida ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega bo'lishini va'da qildi. Gap faqat Ruminiyada qolgan edi, ammo yakunda mazkur mamlakat ham uning nomzodiga rozilik berdi, deb xabar beradi ria.ru.