Ana shu omillarni hisobga olgan Niderlandiyaning “Boumanfruits” kompaniyasi rahbari Anton Bauman Oʻzbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi diplomatik vakolatxonasi vakillari va “Novaya volna” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbariyati bilan oʻtkazilgan onlayn muzokaralarda mamalakatmizda yetishtirilgan mevalarning Yevropa bozoriga eksportini amalga oshirish boʻyicha takliflarini bildirdi.
A.Bauman Oʻzbekistonda yetishtirilgan limonning maxsus navlarini Niderlandiya va Yevropa bozorlarida sotishga qiziqish bildirmoqda.
Tomonlar Oʻzbekistonda yetishtirilgan limonning Niderlandiyaga eksportini yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildi. Joriy yilning sentyabr oyi boshida yangi hosil limonining namunalarini yuborish va yetkazib berishni koʻpaytirish boʻyicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.