Nigeriyada benzin tashuvchi yuk mashinasining portlashi oqibatida 153 kishi halok bo'ldi

    Nigeriya shimolida benzin tashuvchi yuk mashinasining portlashi oqibatida halok bo'lganlar soni 153 kishiga yetdi.

    100 nafar odam turli darajadagi jarohatlar oldi, deb xabar bermoqda Daily Post Nigeriya politsiyasi vakili Lavan Shiisu Adamga tayanib.

    Jigava shtatining Majia aholi punktida benzin tashuvchi yuk mashinasi avariyaga uchradi, yonib ketdi va portlab ketdi. Yonilg'i sotib olish uchun yo'l yonida to'plangan odamlar jarohatlandi.

    Avvalroq qurbonlar soni 140 nafar, jarohatlanganlar 70 nafar ekani xabar berilgan edi. O'lganlar ommaviy qabrga dafn qilindi, deb xabar beradi tass.ru.