Bu haqda Nigeriya favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligiga (NEMA) asoslanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Jami 154 kishi vayronalar ostida qolib ketdi, halok bo'lganlardan tashqari barcha odamlar qutqarilib, shifoxonaga yotqizildi.
Ma'lum qilinishicha, qutqaruv ishlari yakunlandi va vayronalar hududi tozalandi.
Shtat shimolidagi Jos mintaqasidagi Busa Buji jamoasidagi Saint Academy akademiyasiga tegishli ikki qavatli bino dars paytida qulab tushdi. Afrikaning mazkur mamlakatida xavfsizlik qoidalarining yomonligi va ko'pincha sifatsiz qurilish materiallaridan foydalanilishi tufayli binolarning qulashi tez-tez uchrab turadi, deb xabar beradi report.az.