Nijnevartovsk shahar kutubxonasiga oʻzbek tilidagi adabiyotlar tuhfa etildi

    Oʻzbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulligi xodimlari vatandoshlar bilan uchrashish maqsadida Tobolsk, Surgut, Megion va Nijnevartovsk shaharlariga ishchi safari uyushtirishdi.

    Tobolsk shahriga safar davomida ushbu hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan 34 nafar, Surgut shahrida 28 nafar, Megionda 43 nafar hamyurtlarimiz bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida ularni oʻylantirayotgan muammolar tinglandi. Shuningdek, Nijnevartovsk shahrida “Eriell Neftegazservis” MCHJda vaqtinchalik ishlayotgan 43 nafar fuqarolarimizning ham holidan xabar olindi.

    Uchrashuvlar davomida mehnat muhojirlariga konsullik-huquqiy masalalar, jumladan, pasport rasmiylashtirish, Oʻzbekistonda rasmiylashtirilgan hujjatlarning Rossiya hududida amal qilishi va Bosh konsulxona tomonidan koʻrsatilagan xizmatlar haqida soʻz bordi.

    Uchrashuv yakunida diplomatlar vatandoshlarimizni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdilar.

    Oʻzbekiston diplomatlari, shuningdek, Nijnevartovskka safar davomida ushbu shahar kutubxonasiga oʻzbek tilidagi adabiyotlar toʻplamini taqdim etdilar.