Shuningdek, majlisda yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama etildi.
Muhokama jarayonida senatorlar, qoʻmita ekspertlari, mahalliy Kengashlarning Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari, vazirlik va idoralar masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, nikohni qayd etishning bir oylik muddati va uni qisqartirish uchun asos boʻladigan holatlar bekor qilinyapti.
Nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganlaridan soʻng nikohni rasmiylashtirish tartibini belgilash koʻzda tutilyapti.
Shu bilan birga, majlisda “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2061-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi Qonun ham muhokama etildi.
Har ikkala qonunga kiritilayotgan oʻzgartishlar yuzasidan ishtirokchilar oʻzlarining bir qator taklif va mulohazalarini bildirdi.
Bundan tashqari, yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning holati yuzasidan Hukumatga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari soha mutaxassislari ishtirokida koʻrib chiqildi.
Koʻrilgan masalalar yuzasidan Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.