Nikol Pashinyan mudofaa qobiliyatiga ega armiyaga ega bo'lish Armanistonning qonuniy huquqi ekanini aytdi

    Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat mudofaa qobiliyatiga ega armiyaga ega bo'lishga qonuniy haqli, deb hisoblaydi, biroq Yerevan qo'shnilariga nisbatan tajovuzkor niyatlari yo'q.

    “Armaniston Respublikasi armiyasini isloh qilish dasturida hech qanday noqonuniy elementlar yo'q. Takroran aytishim kerak, Armaniston Respublikasi o'zining barcha qo'shnilarining hududiy yaxlitligini, shu jumladan Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tan oladi va Ozarbayjondan ham shuni, ya'ni Armanistonning hududiy yaxlitligini aniq va so'zsiz tan olishni kutadi. Men, shuningdek, biz o'z oldimizga Armanistonning bosib olingan 200 kvadrat kilometrdan ortiq hududini harbiy yo'l bilan qaytarish vazifasini qo'ymasligimizni aytdim, demarkatsiya jarayoni bu masalani tinch yo'l bilan, muzokaralar yo'li bilan hal qilish imkonini beradi. Qurollanish masalasidagi xavotiga kelsak, bizda ham Ozarbayjonning qurollanishi borasida xavotirlarimiz bor va ularning xavotirlarini ham eshitdik. Biz aynan shu sababdan Ozarbayjonga o'zaro qurol nazorati mexanizmini shakllantirish taklifi bilan chiqdik va ularning javobini kutmoqdamiz”, dedi u Armenpressga bergan intervyusida.

    Avvalroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonning qurollanishi mintaqa uchun tahdid manbai ekanligini va yangi keskinlikka olib kelishini aytgan edi, deb xabar beradi tass.ru.