Bu haqda Venesuela Milliy saylov kengashi raisi Elvis Amoroso ovoz berish yakunlari bo'yicha ma'lumot berdi.

Saylov komissiyasidan translyatsiya Venesuelaning barcha telekanallari tomonidan amalga oshirildi.

Ovozlarning 80 foizi sanab chiqilgach, Maduroni 5 million 150 ming 92 nafar saylovchi yoki ovoz berganlarning 51,2 foizi qo'llab-quvvatlagani ma'lum bo'ldi.

Maduroning asosiy raqibi, o'ta o'ng partiyadan nomzod Edmundo Gonsalesga 4 445 978 nafar saylovchi, ya'ni saylovda qatnashganlarning 44,2 foizi ovoz berdi, qolgan sakkiz nafar nomzod umumiy 4,6 foiz ovoz oldi, deb xabar beradi report.az.