Byudjet xodimlari maoshlari to'lanishidagi kechikish UzASBO-2 tizimiga o'tishda yuzaga kelgan texnik nosozliklar bilan bog'liq.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha «UzASBO-2» tizimiga o'tish munosabati bilan tizimda ayrim muammo va uzilishlar kuzatilmoqda.

«Bugungi kunda ushbu nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko'rildi hamda «UzASBO-2» tizimi orqali byudjet tashkilotlarining dekabr` oyi ikkinchi yarmi uchun 35 foiz byudjet tashkilotlarining ish haqlari moliyalashtirib berilishi ta'minlandi.

Ish haqini to'lash jarayonida «UzASBO-2» tizimining bir maromda ishlashi uchun mutaxassislar tomonidan monitoring olib borilmoqda va ish haqini belgilangan muddatlarda (5 ish kunida) moliyalashtirib berish yuzasidan zaruriy choralar ko'rilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.