Milliy banklararo protsessing markazi (Humo) ishidagi uzilishlar yangi dasturiy taʼminot oʻrnatilgani bilan bogʻliq. Bu haqda 26-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Humo dasturiy taʼminotini toʻliq yangilagan, bu esa ish boshlagan dastlabki kunlarda toʻlov tizimiga yuklanishni keltirib chiqargan va natijada ayrim mahsulotlar ishlashiga taʼsir qilgan.
“Bu faqatgina dasturiy taʼminotni yangilash bilan bogʻliq, boshqa hech narsa yoʻq”, — dedi Markaziy bank rahbari.