Xalqaro hayvonlar sogʻligʻini himoya qilish tashkiloti (WOAH) maʼlumotlariga asoslangan ushbu hujjat virusning mamlakatimiz hududiga kirib kelishining oldini olishga qaratilgan.
Qarorga muvofiq, 2026-yil 29-yanvardan boshlab Hindistonning barcha hududlaridan tirik hayvonlar va qushlarni olib kirish vaqtincha toʻxtatildi. Gʻarbiy Bengaliya shtatidan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi barcha turdagi tovarlar importiga ham cheklov joriy etildi.
Shuningdek, hujjatda davlat veterinariya xizmati tomonidan epizootik jihatdan sogʻlom hududlar boʻyicha masalalar alohida tartibda koʻrib chiqilishi mumkinligi belgilab qoʻyilgan.
Hududiy va chegaralardagi bosh davlat veterinariya inspektorlariga oʻrnatilgan cheklovlar ijrosi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish hamda aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish vazifasi topshirildi.