Niyati buzuq ayolga hukm o'qildi

    U qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun yubormoqchi edi

    Sh.Zafarova (ismi-sharifi oʻzgartirilgan), dastlabki tergovda qismi alohida ish yurituviga ajratilgan Turkiya davlati fuqarosi boʻlgan “Mahmud” ismli shaxs bilan oldindan oʻzaro jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlib, “Mahmud” bilan birgalikda undan olgan 1000 AQSH dollari miqdoridagi qarzi evaziga unga Oʻzbekistondan qizlar topib berishi va Turkiyaga joʻnatishi, “Mahmud” esa ularni Turkiyada kutib olib, ulardan shahvoniy maqsadlarda foydalanib foxishalikka jalb qilishi borasida jinoiy reja tuzishgan.

    Ushbu rejaga koʻra, 2021-yil aprel oyining oʻrtalarida Doʻstlik tumanida yashovchi 2000-yilda tugʻilgan Boliyeva Mahliyo va Jizzax shahri Ittifoq mahallasida yashovchi Kamila ismli qizlarni izlab topib, ularga Turkiya davlatiga borib foxishalik bilan shugʻullansa bir kunda 300-400 AQSH dollaridan pul topishlarini va oqibatda katta miqdorda pul ishlab boyib ketishlarini, Turkiyaga borishlari uchun yoʻl harajatlarini oʻzi toʻlashini aytib aldab, ular bilan Turkiyaga joʻnatgani va ish topib bergani evaziga “Mahmud”ga pul ishlab berishlari haqida ogʻzaki kelishib, ularni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yollab, Kamilaning chet elga chiqish uchun maxsus fuqarolik pasporti yoʻqligi sababli uni Turkiyaga joʻnatishni keyinroqqa qolirib, Boliyeva Mahliyo uchun esa “Mahmud” ismli shaxsning yordami bilan “Toshkent-Istambul” aviareysiga chipta olishga erishib, 2021-yil 30-aprel kuni soat 10-00 larda Boliyeva Mahliyoni Turkiya davlatiga joʻnatib yuborish uchun yoʻlovchi avtomashinada uni Toshkent xalqaro aeroportiga olib ketayotgan paytida Doʻstlik tumani hududidagi “Manas-14” YPX maskanida Jizzax viloyat IIB TEQKB xodimlari tomonidan ushlangan va undan M.Boliyevaning nomiga rasmiylashtirilgan aviachipta hamda ishga aloqador boshqa buyumlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

    Sud majlisida Sh.Zafarova sudda, aybiga toʻliq iqrorlik bildirib, quyidagilarni maʼlum qildi...

    ­­- 2016-yilda Turkiyaning Istambul shahriga ishlash uchun bordim. Oʻshanda “Mahmud” ismli turk fuqarosi bilan tanishib qoldim. Oradan ancha vaqt oʻtganidan soʻng “Mahmud”ning qoʻshmachilik bilan shugʻullanishini bildim. Uyimga qaytish oldidan “Mahmud”dan 1000 AQSH dollori miqdorida qarz olib, 2017-yil fevral oyida Oʻzbekistonga qaytib keldim. 2020-yil dekabr oyida “Mahmud” menga qoʻngʻiroq qilib, 1000 AQSH dollari qarzini soʻradi. Menga agarda pulni qaytara olmasam Oʻzbekistondan unga foxishalikda foydalanishi uchun qizlar topib joʻnatishimni taklif qildi. Shunda men “Mahmud”ning taklifiga rozi boʻlib, u bilan qizlarni qanday joʻnatishi haqida kelishib oldim.

    Keyin men Turkiyaga yaʼni “Mahmud”ga joʻnatish uchun qizlar qidira boshladim. 2021-yil aprel oyining boshlarida bir tanishimning toʻyidan qaytayotgan paytimda, Sh.Rashidov tumani hududida joylashgan koʻp qavatli uylarning yonidagi avtobekatda Boliyeva Mahliyo va Kamila ismli qizlar bilan tanishib qolib, ularning oilaviy ahvoli yaxshi emasligini, moddiy tomondan qiynalib qolganini bilganimdan soʻng ularga Turkiyaga borib ishlashni taklif qilib, Turkiyada tanishlari orqali ish topib berishimni, u yerda foxishalik qilib kuniga 300-400 AQSH dollari topishlarini va tezda boyib ketishlarini, Istambulda ularni tanishim kutib olishini, yoʻl harajatlarini ham oʻzi koʻtarishini aytdim. Shunda ular mening gaplarimga ishonib Turkiyaga borishga rozi boʻldi.

    Zoxidova Sharofat Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b,ye” bandlari bilan aybli deb topilib, Jinoyat kodeksining 57-moddasiga asosan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Lutfulla Mamarajabov

    Jizzax viloyat sudining sudyasi