Investitsiya loyihasining qiymati 274 668,9 ming dollarni tashkil etadi. Obyektni 2024-yil dekabr oyida foydalanishga topshirish yiliga tarkibida oltin boʻlgan 4 million tonna hajmdagi maʼdanlarni qazib olish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlar tashkil etish imkonini beradi.

Loyihani amalga oshirish uchun 245 070 ming dollar miqdorida 5 yil muddatga uch yillik imtiyozli davr bilan xorijiy kreditlar jalb etiladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • “Pistali” konida tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)” investitsiya loyihasi TIAning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  • investitsiya loyihasi boʻyicha xorijiy banklar kreditlarini qaytarish reja-jadvali.

“Navoiy KMK” AJ qarz oluvchi boʻlib, investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, xorijiy banklarning kreditlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi uchun masʼul hisoblanadi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 10.09.2021-yildan kuchga kirdi, deb xabar beradi “Norma”.