Bu haqda Prezidentning “Cud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-270-son, 08.09.2025-y.) da belgilandi.

Qarorga koʻra, nodavlat sud ekspertlarining kasbiy va amaliy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning noqonuniy harakatlari bilan bogʻliq holatlarning adolatli koʻrib chiqilishini taʼminlash uchun Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malaka komissiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

2025-yil 1-noyabrdan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha shartnoma asosida advokat soʻroviga koʻra sud-ekspertiza tashkilotlarida ekspertiza oʻtkazish tartibi joriy etiladi.

2025-yil 1-dekabrdan nodavlat sud ekspertlariga yakka tartibda sud-ekspertlik byurosi shaklida faoliyat yuritish huquqi beriladi.

2025-yil 15-dekabrdan shaxslar uchun X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga ekspertiza tadqiqotlari oʻtkazish boʻyicha “Sud-ekspert” portali orqali onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

2026-yildan 1-yanvardan Respublika sud ekspertizasi markazi sud ekspertlari obyektlarni koʻzdan kechirish uchun joylarga chiqqanda majburiy ravishda mobil videokamera (bodikamera)lardan foydalanishi tartibi yoʻlga qoʻyiladi.