Unga muvofiq:
Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ajratilgan kreditlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga kommunal xarajatlarining bir qismini Davlat byudjetidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur qaror 2025 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 31 yanvardagi PQ-49-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida 2025 yil 1 yanvardan boshlab:
nodavlat umumiy urta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etilishi;
nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘zining bino va inshootlarida umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’ektlariga 5 yil muddatga ushbu ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi Davlat byudjetidan qoplab berilishi belgilangan edi.