Nodirbek Abdusattorov to‘rtinchi o‘rinni egalladi

    Islandiyada Fisher shaxmati bo‘yicha Jahon chempionati yakuniga yetdi.

    Nodirbek Abdusattorov 30-oktabr, yakshanba kuni uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Magnus Karlsenga qarshi dona surdi. Dastlabki partiyani o‘z foydasiga hal qilgan Nodirbek keyingi uchta o‘yinni boy berdi.

    Shu tariqa o‘zbekistonlik shaxmatchi mazkur musobaqada to‘rtinchi o‘rin bilan cheklandi va 40 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ldi.

    Finalda AQSH vakili Hikaru Nakamura rossiyalik Yan Nepomnyashiyni yengib, chempionga aylandi.

    Sakkiz nafar grossmeyster ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston vakili Abdusattorov o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallab, yarim finalga chiqdi.

    Final yo‘lida Nodirbek Nakamuraga yengilgandi.