Nodirbek Yakubboyev bu borada bayonot bilan chiqdi.
«Qadrli shaxmatchi-doʻstlar! Vayshaliga qarshi partiya oldidan yuzaga kelgan vaziyatga izoh bermoqchiman. Ayollar va hind shaxmatchilariga hurmatni saqlagan holda shuni maʼlum qilamanki, eʼtiqodimdan kelib chiqqan holda begona ayollar bilan qoʻl berib koʻrishmayman.
Men Vayshali va uning akasi qatorida barcha hindistonlik shaxmatchilarni hurmat qilaman. Agar bu harakatim orqali uni noqulay vaziyatga qoldirgan boʻlsam, buning uchun uzr soʻrashga tayyorman.
Men oʻzim toʻgʻri deb bilgan ishni qilaman. Bu harakatim orqali barcha shunday qilishi kerak deb hisoblamayman, bu hammaning oʻziga havola boʻlgan tanlovidir», — deya yozadi Nodirbek ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.