Savdo yarmarkasining asosiy maqsadi nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan maxsulotlarning realizatsiyasiga koʻmaklashish va ularning bandligini taʼminlash.
2018-2019-yillar va 2021-yilda I-III respublika savdo yarmarkalari oʻtkazilib, quyidagi nogironligi boʻlgan hunarmandlar soni va mahsulotlar realizatsiyasiga erishildi.
– 2018-yilda 56 nafar ishtirokchi, 250 mln soʻmlik savdo;
– 2019-yilda 70 nafar ishtirokchi, 400 mln soʻmlik savdo;
– 2021-yilda 100 nafar ishtirokchi, 500 mln soʻmlik savdo.
Shuningdek, 2021-yildagi savdo yarmarkasiga kelgan jami 100 nafar ishtirokchilar 6 turdagi malakali shifokorlar koʻrigidan oʻtkazildi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlar sotuvini keng yoʻlga quyish maqsadida 2021-yilda 6 ta jami 160 mln soʻmlik yengil konstruksiyali savdo doʻkonlari xarid qilinib, hududlarning (Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Xorazm) aholi gavjum boʻlgan markazlarida joylashtirildi va foydalanish uchun Oʻzbekiston nogironlar jamiyati tasarrufiga oʻtkazib berildi.
Bundan tashqari, oʻtkazilgan tadbirlar davomida:
– ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi boʻlgan shaxslarga yordamlar (yuridik, tibbiy-psixologik va shu kabi) koʻrsatildi;
– nogironligi boʻlgan shaxslarni kasbiy faoliyat (kasb-hunar, tadbirkorlik va boshqa) bilan shugʻullanishiga va ish bilan taʼminlanishiga koʻmaklashildi;
– nogironligi boʻlgan shaxslarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, turli ijtimoiy kafolatlarni nazarda tutuvchi qonun hujjatlari keng targʻib qilindi.