Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirishda koʻrsatkichi yuqori boʻlgan vazirlik va idoralar nomi ochiqlandi

    Hozirda 51 000 ga yaqin boʻsh ish oʻrni eʼlonga chiqarilgan boʻlib, 11,1 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxs ishtirok etmoqda.

    Nogironligi boʻlgan shaxslarning ish bilan taʼminlash koʻrsatkichlari ortib bormoqda, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati.

    Fevral oyida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida byudjet tashkilotlariga 20 ming nafar, banklarga 1000 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish vazifasi yuklatilgan edi.

    Hozirda 51 000 ga yaqin boʻsh ish oʻrni eʼlonga chiqarilgan boʻlib, 11,1 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxs ishtirok etmoqda. Hozirgi vaqtda 3119 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar ishga joylashgan.

    Davlat idoralari orasida Soliq qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Respublika Markaziy bankida ish bilan taʼminlash darajasi yuqori koʻrsatkichlarni qayd etdi.

    Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyati hokimliklari nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlash boʻyicha tasdiqlangan rejani 100% bajargan.

    Asosiy rejaga kiritilmagan boʻlsada, Agentlik qoʻshimcha 129 ta vakant lavozimlariga ochiq tanlov eʼlon qilgan boʻlib, hozirda ariza topshirganlarning 87 nafari ishga joylashtirilgan.