Farmon bilan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi:
- nogironligi boʻlgan shaxslarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun maxsus xizmatlar tizimini joriy etish;
- nogironligi boʻlgan yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish, ularning mehnat bozoriga kirishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish;
- 2025-yil yakuniga qadar 80 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topishini taʼminlash.
2025-yil 1-iyundan boshlab:
- I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga 50 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi;
- subsidiya surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilish xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi;
- jismoniy shaxslarga hamrohlik xizmatini oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida koʻrsatishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi.