Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 640-son qarori qabul qilindi.
Kiritilayotgan qoʻshimchalar bilan nogironligi boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash choralari belgilanmoqda. Masalan, endilikda nogironligi boʻlgan bolalar uchun umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikat berish kabi davlat xizmatini olishda xizmat koʻrsatish toʻlovining 50 foiz miqdorida chegirma belgilanmoqda.
Bundan tashqari, ular va oilaviy mehribonlik uylari bitiruvchilari yuridik texnikumlarga davlat granti asosida alohida qabul parametrlari doirasida qabul qilinadi.
Hujjat bilan qonun hujjatlariga boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 08.10.2024-yildan kuchga kirdi.