Masalan, Navoiy shahrida yashaydigan nogironligi bor yolgʻiz ayolni 12 yoshli farzandi maktabga chiqmasdan parvarishlab kelayotgan edi.
Unga ijtimoiy koʻmakchi biriktirilib, uyida xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgani sabab, farzandi maktabga chiqib, oilaning ijtimoiy ahvoli yaxshilanmoqda.
Ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan boʻlsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham bexabar. Masalan, nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin boʻlgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalanmayapti.