“Nurtepa” va “Qoratepa” mahalla fuqarolar yig'inida tashkil etilgan xayriya tadbirlarida kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

— Abduvali Mirzaxalovning uyiga borganimizda, inson matonati cheksiz ekaniga yana bir karra ishonch hosil qildik, — deydi tadbirda ishtirok etgan “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi D. Usmanov. — Bir oilada 3 nafar imkoniyati cheklangan inson yashaydi. Shuningdek, Abduvali ota yana bir yetim bolani tarbiya qilmoqda. Fondimiz mazkur oilaga tikuv mashinasini sovg'a qildi. Shuningdek, fond respublika boshqaruvi nomidan bir martalik moddiy yordam ham ajratildi. Kelgusida Abduvali otaning “issiq-sovug'i”dan doimiy ravishda xabar olib turishga kelishib oldik.

Namangan tumanida tashkil etilgan xayriya tadbirlari davomida 10 nafardan ziyod imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlari tarqatildi, deb xabar beradi “Mahalla” fondi matbuot xizmati.