Mazkur aravachani yasash g'oyasi unga harakatdan qolgan otasi tufayli, 2013-yilda paydo bo'lgan. Ma'lumki, kasalxonaning ba'zi bemorlari xodinokda, boshqalari nogironlar aravachasida harakat qilishadi. Ikkala variant ham o'zlarining afzalliklariga ega. Lekin bemorlar xodinokdan turayotgan paytda yoki unga o'tirish uchun odamlarning yordamiga ehtiyoj sezadilar. Braun qurilmasi bu muammoni butunlay hal qiladi. Bu harakatchanligi cheklangan odamlarga harakat qilish uchun ko'proq erkinlik beradi.

Tashqi tomondan u nogironlar aravachasiga juda o'xshaydi, ammo dizaynda katta farq mavjud. Zeen o'rindig'i asl holatida qulay balandlikka ega, shu bilan birga, uni qo'shimcha sozlash mumkin. Agar foydalanuvchi turishni boshlasa, unga ikkita gaz porshini yordam bera boshlaydi. Pozitsiyani egallab, o'rindiqqa suyanib yura oladi va xavfsizlik kamari uni ehtimoliy yiqilishdan himoya qiladi.

Barcha g'ildiraklar har qanday burchakka burilishi mumkin va tormoz bilan jihozlangan. Foydalanuvchi o'tirishdan oldin tana og'irligi o'tirg'ichga mos holda tushishi uchun rul g'ildiragidagi tutqichni bosishi talab etiladi. Braun qurilmasi atigi 18 kilogramm vaznga ega hamda egasining vazniga qarab moslashuvchan tarzda sozlanadi.

Garret allaqachon dastlabki 100 ta qurilmani yig'ib bo'lgan. Aytish joizki, ulardan biriga Rim papasi Fransisk buyurtma bergan. Zeenning ommaviy ishlab chiqarilishi allaqachon yo'lga qo'yilgan. Uni ixtirochi kompaniyasining sayti orqali 3800 dollarga xarid qilish mumkin.