“Dildora” MCHJ ning Vobkent tumanidagi 2 ta, “Osiyo Buxoro gaz”, “Norboyev Sherzod Yunusovich” va “Grant gaz servis” MCHJ larning Buxoro shahridagi, “Real ximik” MCHJ ning Buxoro tumanidagi jami 6 ta metan quyish shoxobchachalari o‘rganildi.
O‘rganish davomida, “Dildora” va “Osiyo Buxoro gaz” MCHJ larga qarashli 3 ta shaxobchalarga kelgan tabiiy gaz quvurlariga o‘rnatilgan «Avtopilot-PRO» rusumli gaz hisoblash uskunasidagi mavjud implyus turubkasi mahkamlanganda gaz o‘tish harakati pasayishi natijasida, haqiqatdan gaz diafragmasidan o‘tayotgan gaz hajmi sunʼiy ravishda kamaytirilgan holda ko‘rsatilishiga erishilganligi aniqlandi.
Buning oqibatida, “Dildora” MCHJ ga qarashli 2 ta shaxobcha tomonidan 11,1 mlrd. so‘mlik (11.162.880 m3) hamda “Osiyo Buxoro gaz” MCHJ ga qarashli shaxobcha tomonidan 15,1 mlrd. so‘mlik (15.153.6003), jami 26,2 mlrd. so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon - toroj qilingan.
Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.