Nazorat tadbirlarida joriy yilning o‘tgan davrida 26 ta holatda 58,2 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan 29 mln kVtli yoki 145 mingta xonadonning bir oylik iste’mol ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini o‘g‘irlash orqali mayning faoliyatini amalga oshirishganligi aniqlanib, 29 nafar shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) tegishli qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ushbu  shaxslar  prosessual tartibda ushlangan.

Ma’lum o‘rnida aytish kerakki, mayning faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib, energiya resurslarini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zatilishiga hamda sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo tayinlanishi mumkin.