2023-yil yanvar oyida davomida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markaziga kelib tushgan 133 ta murojaat asosida taqdim qilingan farmatsevtika mahsulotlari oʻrnatilgan tartibda laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazildi.

Bu haqda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi axborot xizmati maʼlum qildi.

Tahlil natijalariga koʻra, 568 turdagi 10002 oʻram, jumladan:

➖ 100 turdagi 2115 oʻram davlat roʻyxatidan oʻtgan;

➖ 200 turdagi 3500 oʻram davlat roʻyxatidan oʻtmagan;

➖ 20 turdagi 318 oʻram muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgan;

➖ 200 turdagi 3500 oʻram muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan;

➖ 25 turdagi 319 oʻram yorliqlash koʻrsatkichi boʻyicha (gʻayriqonuniy nusxa);

➖ 20 turdagi 115 oʻram yaroqlik muddati tugagan (sifatsiz);

➖ 3 turdagi 135 oʻram qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari tibbiyot amaliyotida qoʻllash mumkin emasligi boʻyicha hulosa berildi.

Chora koʻrish maqsadida maʼlumotlar tegishli organlarga taqdim qilindi.